Mehmonning izzat-ikromini joyiga qo‘yishda musulmonlarga, xossatan o‘zbek xalqiga teng keladigan millat yo‘q ekanligi barchamizga ma‘lumdir. Lekin har bir narsaning o‘z qonun-qoidalari, tartiblari bo‘lganidek mehmondorchilikda mehmonning ham mezbonning ham amal qilishi kerak bo‘lgan bir qancha odob va tartiblari bor.

Musulmon mehmon va musulmon mezbonning odob-axloqlari borasida Husayn Voiz Koshifiy quyidagilarni ta’kidlaydi.

1) Mezbon mehmonni ochiq chehra ila kutib olsin

2) Mehmonlarni ko‘pligidan ranjimasin.

3) Munosib joyga o‘tqazsin.

4) Ularga samimiy munosabatda bo‘lsin.

5) Imkoni boricha tansiq taomlar tortiq qilsin.

6) Ovqat yeyishga hadeb zo‘rlamasin.

7) Tortiq qilingan narsalarni minnat qilmasin.

Mehmon borasida esa quyidagilarni keltiradi.

1) Taklif qilingan joyga borsin aksincha bo‘lsa bormasin.

2) Uy egasi ko‘rsatgan joyga o‘tirsin.

3) Taomlarni kamsitmasin.

4) Goh uni goh buni titkilab yurmasin.

5) Norozilik alomatlarini bildirmasin.

Albatta bular mehmondorchilik odoblarini bir qismigina xolos, eng asosiysi mehmon ham mezbon ham o‘zaro hurmat va samimiyat ila muomalada bo‘lishligidir.

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o’rta-maxsus islom bilim yurti 4-kurs talabasi To‘xtaqulov Islombek