Ilm so‘zi lug‘atda bir narsani voqelikdagidek idrok etishga aytiladi. Imom G‘azzoliy rahimahulloh aytadi: “Ilm bir narsani huddi o‘zidek idrok qilishdir”. (Ruhiy tarbiya/1)[1] 31-bet.
Xilol ibn A‘lo aytganlar:”Ilm talab qilish qiyin, uni yodlash, uni talab qilishdan qiyin, unga amal qilish yodlashdan qiyin, unda salomat qolish amal qilishdan ham qiyinroqdir”. Ilm ikkidir, Biri-Zohiriy, Ikkinchisi – Botiniy ilm.
Musulmon banda ibodatlarni bajarishda bu ikki ilmni bajaradi .Misol uchun, Islom dinining besh ustunining ikkinchisi bo‘lmish namozni olaylik. Bir inson namoz o‘qimoqda unig zohirida namoz o‘qiyotganini botini tasdiqlab turishi kerak. Endi shu namozda qanday turadi,qanday ruku qiladi, qanday sajda qiladi, qanday o‘tiradi ana shular zohiriy ilmlardir, ya‘ni ko‘rinishlar.
Botiniysi esa namozda turganda Allohga qanday yuzlanganini qalbi ila robbisini qanday his qilishini qo‘yingki inson ruhi ila robbisiga intilishini botiniy ilm deb ataladi. Zohiriy va botiniy ilmni tushunmoq uchun biz arab tiliga murojaat qilamiz, sababi bu ikki so‘z bizga arab tildan kirib kelgan. Zohir مزهور – o‘zagidan olingan bo‘lib, ko‘rinib turuvchi ma‘nosini anglatadi. Zohir so‘zi lug‘atda: Tashqi, oshkora, sirt degan ma‘nolarni bildiradi. Botin so‘zi lug‘atda – ko‘ngil, qalb, ruhiyat, insonning ichki olami degan manolarni anglatadi. (Manolar hazinasi)[2]Islomda ilm olish farz ekan. Qaysi ilmni olish farz? Ma‘lumki inson dunyodagi barcha ilmlarni o‘rganishga umri yetmasligini aql tasdiqlaydi. Demak ilm qismlarga bo‘linadi, diniy ilmlar va dunyoviy ilmlar. Ammo dunyoviy ilmni adolat bilan o‘rganilsa diniy ilmga yetaklaydi, diniy ilm esa Allohga yateklaydi. Diniy ilm necha qism? Ikki qism. Biri Qur‘on ikkinchisi Sunnat.
Bundan boshqa diniy ilmlar esa Qur‘on va Sunnatga iqtido qilishlikda dong taratgan. Ulug‘ bo‘lgan mujtahid imomlarimiz va mashoyihlarimiz, mufassirlarimiz, xadishshunoslarimiz va boshqa allomalarimiz avomga Qur‘on karim va hadis shariflarni tushuntirmoq uchun ishlab chiqqan ilmlardur. Islomning dastlabki davrida yangi musulmonlar hayotida yuz vergan muammolarni hal qilish uchun Alloh Ta’olo payg‘ambarimiz alayhissalomga Qur‘on oyatlarni nozil qilgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom esa o‘z navbatida vahiyni qanday qabul qilgan bo‘lsalar o‘zgarishsiz Allohning bandalariga yetkazib berar va o‘zlari Qur‘onga amal qilishlikda o‘rnak bo‘lar edilar. Bugungi kunda Ijmo va qiyos degan mashhur fiqhiy atamalar bor. Ijmo va qiyos nima? Ijmo va qiyos Qur‘on va sunnatning shahobchasidir! Tushunchamiz shuki: Qur‘on va sunnat bir idishdagi asal solingan sut deb tasavvur qilsak, ijmo va qiyos o‘sha sutni tanavul qiladigan idishlardir.
“Sayyid Muhyiddin maxdum”
o‘rta maxsus islom bilim yurti
4-kurs talabasi Jo‘rayev Elyorbek
[1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Ruhiy tarbiya» kitobi 31 bet.
[2] Manolar Hazinasi kitobi.